LA.txt Driver File Contents (epson_workforce-pro-wf-4630_printer_win.exe)

ÿþEPSON YAKUNIY FOYDALANUVCHI BILAN DASTURIY TA¼MINOT LITSENZIYA KELISHUVI



FOYDALANUVCHI UCHUN OGOHLANTIRISH: BU MAHSULOTNI O»RNATISH YOKI ISHLATISHDAN OLDIN USHBU KELISHUV BILAN TANISHIB CHIQING. AGAR AMERIKA QO»SHMA SHTATLARIDA YASHASANGIZ, USHBU HUJJATNING 19-23 BO»LIMLARI SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILADI. 22-BO»LIMDA SIZNING SUDYA YOKI HAKAMLARDAN OLDIN YORDAM UCHUN SUDGA MUROJAAT QILISH IMKONIYATINGIZNI CHEKLOVCHI HAMDA MUAYYAN HOLATLARDA JAMOA DA¼VOLARI YOKI JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDA ISHTIROK ETISH HUQUQINGIZNI RAD ETUVCHI MAJBURIY HAKAMLIK SUDI QARORI KELTIRILGAN. 22.7-BO»LIMDA HAKAMLIK SUDI YOKI JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDAN CHIQARILISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN  VOZ KECHISH  MA¼LUMOTI BERILGAN.



Mazkur hujjat taqdim etiladigan dasturiy ta¼minot, jumladan, har qanday tegishli hujjat, mikrodastur yoki yangilanishlar uchun (keyingi o»rinlarda birgalikda  Dastur  deb yuritiladi) siz (shaxs yoki yuridik shaxs, keyingi o»rinlarda  siz  deb yuritiladi) hamda Seiko Epson Corporation (jumladan, uning filiallari, keyingi o»rinlarda  Epson ) orasidagi huquqiy kelishuv ( Kelishuv ) hisoblanadi. Bu Dastur faqat tegishli Epson kompyuter periferiya mahsulotlarida ( Epson qurilmalari ) foydalanish uchun Epson va uning yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etiladi. BU DASTURNI O»RNATISH, UNDAN NUSXA OLISH YOKI BOSHQA BIR SHAKLDA FOYDALANISHDAN OLDIN USHBU KELISHUV SHARTLARI VA QOIDALARI, JUMLADAN, 17-BO»LIMDA KELTIRILGAN EPSON MAXFIYLIK SIYOSATI BILAN TANISHIB CHIQISHINGIZ HAMDA ULARGA ROZILIK BERISHINGIZ ZARUR.  Agar bularga rozi bo»lsangiz, quyidagi Roziman ( QABUL QILISH ,  OK  yoki shu kabi istalgan rozilik bildirish shakli) tugmasini bosing.  Agar ushbu Kelishuv shartlari va qoidalariga rozi bo»lmasangiz, quyidagi Rozi emasman ( CHIQISH ,  Bekor qilish  yoki shu kabi istalgan rad etish shakli) tugmasini bosing hamda mahsulotni to»liq qaytarish uchun ushbu Dasturni uning qutisi va tegishli materiallari bilan birga Epson kompaniyasiga yoki xarid qilgan joyingizga topshiring.



1.	Litsenziya berish.  Epson sizga (i) ushbu Dasturni shaxsiy va ichki foydalanish uchun qattiq disklar yoki boshqa kompyuter xotira qurilmalariga yuklab olish, o»rnatish va foydalanishga yoki smartfon, planshet va boshqa mobil qurilmalar (birgalikda  Qurilma ) dasturiy ilovasi sifatida (shuningdek,  Dastur  deb ataladi) taqdim etilganida ushbu Dastur (i) faqat bir joyda (masalan uy, ofis yoki ishxonada) yoki mobil qurilmada ishlatilganida, sizga tegishli yoki siz nazorat qiladigan hamda (ii) faqat sizga tegishli Epson qurilmasiga aloqador shaklda foydalaniladigan cheklangan, alohida imtiyozlarga ega bo»lmagan litsenziyani taqdim etadi.  Siz tarmoqqa ulangan Epson qurilmasining boshqa foydalanuvchilariga ushbu Dasturdan foydalanishga ruxsat berishingiz mumkin. Bunday holda siz ushbu foydalanuvchilarning bu Dasturdan faqat mazkur Kelishuvga muvofiq shaklda foydalanishini kafolatlashingiz zarur.  Siz bunday foydalanuvchilarning foydalanishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgarlikni zimmangizga olish hamda Epson zararlarini qoplashga rozilik berasiz. Siz zaruratga qarab ushbu Dasturning zaxira nusxalarini yaratishingiz mumkin, lekin, ushbu zaxiralardan faqat Epson qurilmasining yaxshi ishlashini ta¼minlash maqsadida foydalanishingiz lozim. 



2.	Takomillashtirish va yangilashlar.  Agar ushbu Dastur uchun Epson kompaniyasidan biror yangilov, yangilangan yoki o»zgartirilgan versiya yoxud qo»shimchalar olsangiz, mazkur yangilov, yangilangan versiya, o»zgartirilgan versiya yoki qo»shimcha Dastur tarkibiga kiritiladi va ushbu Kelishiv orqali boshqariladi.  Siz Epson kompaniyasining ushbu Dastur uchun hech qanday Yangilanishlarni (quyida 2-bo»limda keltirilganidek) taqdim etishga majbur emasligini tasdiqlaysiz. Lekin Epson vaqti-vaqti bilan ushbu Dasturning yangi versiyalarini yaratadi, shuningdek, u Dastur uchun tuzatish, qo»shimcha, yangilanish, qo»shimcha yoki takomillashtirilgan funksiya, plagin va yangi versiyalar (birgalikda  Yangilanishlar ) mavjudligini tekshirish maqsadida Epson yoki uchinchi tomon serverlariga Internet orqali avtomatik ulanishi hamda (a) Dasturning siz shaxsiy qurilmangizda foydalanayotgan versiyasini elektron ravishda avtomatik yangilashi yoki (b) tegishli Yangilanishlarni oddiy usulda yuklab olish imkoniyatini yaratishi mumkin.  Agar EPSON Software Updater dasturini o»rnatgan bo»lsangiz hamda Epson ushbu Dastur uchun yangilanishlar mavjudligini tekshirishiga ruxsat berishni xohlamasangiz, EPSON Software Updater dasturini o»chirib tashlash orqali bu funksiyani faolsizlantirishingiz mumkin.  Siz ushbu Dasturni o»rnatish hamda Yangilanishlarni avtomatik tekshirish funksiyasini faolsizlantirmaslik orqali, Epson yoki uchinchi tomon serverlariga Yangilanishlar uchun avtomatik so»rov yuborilishi va yuklab olinishi hamda mazkur Kelishuv shartlari va qoidalarining ushbu barcha Yangilanishlarga tatbiq etilishini tasdiqlagan va bunga rozilik bildirgan hisoblanasiz. 



3.	Boshqa huquq va cheklovlar.  Siz ushbu Dasturni o»zgartirmaslik, moslashtirmaslik va o»girmaslikka hamda kelajakda ushbu Dasturning manba kodini ochish maqsadida unga nisbatan teskari muhandislik, dekompilyatsiya, dizassembler yoki boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirmaslikka rozilik berasiz.  Siz ushbu Dasturni uchinchi tomonlarga ijaraga, lizingga berish, tarqatish, foydalanishga berish yoki bu Dasturni foyda keltiruvchi biror masulot yoki xizmat tarkibiga kiritish huquqiga ega emassiz.  Lekin siz ushbu Dasturdan foydalanish yuzasidan barcha huquqlaringizni boshqa shaxs yoki yuridik shaxsga berishingiz mumkin, ammo bunda oluvchi ham ushbu Kelishuv shartlariga rozilik berishi hamda siz ushbu Dastur, jumladan, uning barcha nusxalari, yangilanishlari va avvalgi versiyalari hamda Epson qurilmasini bunday shaxs yoki yuridik shaxsga taqdim etishingiz lozim.  Mazkur Dastur alohida mahsulot sifatida litsenziyalangan hamda uning tarkibidagi dasturlardan ajratilgan shaklda boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.  Bundan tashqari, siz ushbu Dasturni yuqoridagi 1-bo»limda keltirilgan yagona foydalanish joyidan tashqari boshqalar tashqaridan kirishi mumkin bo»lgan Internet yoki boshqa ommaviy tarmoqdagi ochiq muhitga joylashtirmaslikka rozilik berasiz.



4.	Egalik huquqi.  Mazkur Dasturga doir nom, egalik hamda intellektual mulk huquqlari Epson yoki uning litsenziarlari va yetkazib beruvchilariga tegishlidir.  Bu Dastur Amerika Qo»shma Shtatlarining Mualliflik huquqi qonuni, Yaponiya mualliflik huquqi qonunlari hamda xalqaro mualliflik huquqi shartnomalari, shuningdek, boshqa intellektual mulk huquq va kelishuvlari bilan himoyalangan.  Sizga ushbu Dasturga doir hech qanday nom yoki egalik huquqi berilmaydi hamda bu Litsenziya ushbu Dasturga oid biror-bir huquqlarning sotilishi sifatida talqin qilinmaydi.  Siz ushbu Dastur nusxalaridagi hech qanday mualliflik huquqi, savdo belgisi, qayd qilinganlik belgisi hamda boshqa mulkiy eslatmalarni olib tashlamaslik va ularni o»zgartirmaslikka rozilik berasiz.  Epson va/yoki uning litsenziarlari hamda yetkazib beruvchilari berilmagan barcha huquqlarni o»zida saqlab qoladi.  Mazkur Dastur tarkibida rasm, illyustratsiya, dizayn va suratlar ( Materiallar ) bo»lishi mumkin va bunday materiallarning mualliflik huquqi Epson va/yoki uning litsenziarlari hamda yetkazib beruvchilariga tegishli bo»lib, ular milliy va/yoki xalqaro intellektual mulk huquqi qonunlari, konvensiya va shartnomalari bilan himoyalangan.  Aniqlik kiritish lozimki, (1) ushbu Materiallardan faqat notijoriy maqsadlarda foydalaniladi, (2) bu Materiallar faqat mazkur Dastur dizayniga mos ravishda tahrirlanadi, moslashtiriladi va nusxalanadi hamda (3) siz ushbu Materiallardan faqat qonuniy ravishda shaxsiy, uy yoki qonun tomonidan ruxsat berilgan boshqa maqsadlarda foydalanishingiz mumkin. 



5.	Ochiq manba kodi va boshqa tashqi komponentlar. Yuqoridagi litsenziya ruxsatiga qaramasdan, siz ushbu Dasturning muayyan komponentlari uchinchi tomon litsenziyalari, jumladan,  ochiq manba kodi  deb ataluvchi dasturiy litsenziyalarga ega bo»lishi mumkinligini tasdiqlaysiz, bu esa Open Source Initiative tashkiloti tomonidan ochiq manba kodi litsenziyasi sifatida tasdiqlangan har qanday dasturiy litsenziyalar yoki muayyan darajada o»xshash litsenziyalar, jumladan, bunday litsenziyalar bilan cheklanmagan holda, shunday litsenziyaga ega dasturni tarqatishning sharti sifatida, tarqatuvchidan bunday dasturni ochiq manba kodi (masalan, uchinchi tomon komponentlari,  Uchinchi tomon komponentlari ) shaklida taqdim etishni talab qiladi.  Bu Dasturning muayyan versiyalariga tegishli Uchinchi tomon komponentlari ro»yxati hamda tegishli litsenziya shartlari (talab qilinganidek) ushbu Kelishuvning oxirida, tegishli foydalanuvchi qo»llanmasi/CD yoki Qurilma/Dasturdagi litsenziya ma¼lumotida keltirilgan.  Uchinchi tomon komponentlariga tegishli litsenziyalar talab qiladigan darajada, bunday litsenziya shartlari ushbu Kelishuv shartlariga binoan tatbiq etiladi.  Uchinchi tomon komponentlariga tegishli litsenziyalar talab qiladigan darajada, ushbu Kelishuvdagi cheklovlar Uchinchi tomon komponentlariga tegishli hisoblanmaydi va bunday cheklovlar Uchinchi tomon komponentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



6.	Dasturning turli versiyalari.  Siz ushbu Dasturning bir yoki undan ortiq versiyasini olishingiz yoki sotib olishingiz (masalan, turli foydalanish muhitlari uchun; ikki yoki undan ortiq tilga tarjima qilingan versiyalar; Epson serveridan yuklab olingan yoki CD-ROM qurilmasidagi versiyalar) mumkin, lekin, olingan nusxalarning turi va sonidan qat¼i nazar, siz faqat yuqorida 1-bo»limda keltirilgan litsenziya ruxsat beradigan qurilma yoki versiyadan foydalanishingiz mumkin.



7.	Kafolat va tuzatish ogohlantirishi.  Agar ushbu Dasturni diskda Epson yoki sotuvchidan sotib olgan bo»lsangiz, Epson mazkur Dastur yozilgan disk shikastlanmagani va undagi materiallarning sizga yetkazilganidan keyin 90 kun davomida foydalanishga yaroqli holatda bo»lishini kafolatlaydi.  Agar ushbu disk yetkazib berilganidan keyin 90 kun ichida Epson yoki sotuvchiga qaytarilsa va agar Epson diskning shikastlangani hamda buning taqdim qilingan diskdan noto»g»ri foydalanish, ishlatish, tatbiq etish yoki buzuq qurilmada foydalanish oqibatida yuz bermaganini aniqlasa, u holda ushbu Dastur, jumladan, uning barcha nusxalari va qismlarini Epson kompaniyasiga qaytarganingizdan keyin Epson diskni almashtirib beradi.  Siz ushbu Dasturdan foydalanishning butunlay o»z ixtiyoringizda ekanini tasdiqlaysiz.  BU DASTUR  QANDAY BO»LSA SHUNDAY  HAMDA HECH QANDAY KAFOLATLARSIZ TAQDIM ETILADI.  EPSON VA UNING YETKAZIB BERUVCHILARI SIZNING USHBU DASTURDAN FOYDALANISHINGIZ SAMARADORLIGI VA NATIJALARINI KAFOLATLAMAYDI VA KAFOLATLAY OLMAYDI.  Epson ushbu Dasturning uzluksiz, xatosiz ishlashi, virus yoki boshqa zararli komponent yoxud zaifliklardan xoli ekani yoki ushbu Dastur funksiyalari sizning talab va ehtiyojlaringizga javob berishini kafolatlamaydi. Epson kompaniyasining yagona va ekskluziv javobgarligi hamda sizning kafolatning buzilishdan himoya vositangiz Epson kompaniyasining Dastur diskini almashtirishi yoki Dastur va Epson qurilmasi qaytarilgach, pulingizni qaytarishi bilan cheklanadi.  Almashtirilgan har qaday Dastur uchun qaysi bir muddatning uzunligiga qarab, dastlabki muddat yoki 30 (o»ttiz) kunlik muddatga kafolat beriladi.  Agar biror sabab tufayli yuqoridagi chora amalga oshmasa, Epson kompaniyasining kafolatning buzilishi yuzasidan javobgarligi Epson qurilmasi uchun to»langan narxning qaytarilishi bilan cheklanadi.  Epson uning nazoratidan tashqarida bo»lgan ishlashdagi kechikish yoki ishlamay qolish holatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.  Agar Dasturning ishlamay qolishi kutilmagan hodisa, xato ishlatish yoki foydalanish oqibatida yuz bersa, ushbu Cheklangan kafolat amal qilmaydi.  KELTIRILGAN CHEKLANGAN KAFOLAT VA HUQUQIY HIMOYA VOSITALARI EKSKLUZIV HISOBLANADI VA O»ZI BILAN BOSHQALARINI ALMASHTIRADI. EPSON OCHIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN BOSHQA BARCHA KAFOLATLAR, JUMLADAN, BULAR BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, TALABLARNING BUZILMAGANI, YAROQLILIK HAMDA MUAYYAN MAQSADGA YAROQLILIK KAFOLATLARIDAN VOZ KECHADI.  LEKIN, AYRIM SHTAT VA YURISDIKSIYALAR NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARNING ISTISNO ETILISHIGA YO»L QO»YMAYDI VA BUNDAY SHTATLARDA YUQORIDAGI CHEKLOV SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILMASLIGI MUMKIN.



8.	Mas¼uliyatni cheklash.  AMALDAGI QONUNLAR RUXSAT BERGAN MAKSIMAL DARAJADA, HECH QANDAY HOLATDA EPSON YOKI UNING TAQDIMOTCHILARI QANDAYLIGIDAN QAT¼I NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, ATAYLABDAN, TASODIFIY YOKI BILVOSITA SHIKASTLANISHLAR, SHARTNOMA BO»YICHA BO»LSIN, HUQUQBUZARLIK (JUMLADAN, E¼TIBORSIZLIK), JAVOBGARLIK, KAFOLATNING BUZILISHI, BUZIB TALQIN QILISH YOKI BOSHQA HOLATLAR, JUMLADAN, LEKIN BU BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, BIZNESDAGI FOYDANING YO»QOTILISHI OQIBATIDAGI ZARAR, BIZNESNING TO»XTAB QOLISHI, BIZNES AXBOROTINING YO»QOTILISHI YOKI BOSHQA MODDIY ZARARLAR, USHBU DASTURDAN FOYDALANISH YOKI FOYDALANA OLMASLIK OQIBATIDA KELIB CHIQUVCHI YOKI USHBU KELISHUVDAN KELIB CHIQQAN HOLDA, EPSON YOKI UNING VAKILIGA BUNDAY ZARARLARNING YUZAGA KELISH EHTIMOLI HAQIDA XABAR BERILGAN BO»LSA HAM HECH QANDAY ZARAR UCHUN JAVOBGAR HISOBLANMAYDI.  AYRIM SHTATLARDA MUAYYAN OPERATSIYALARDA ZARARNI ISTISNO QILISH YOKI CHEKLASHGA YO»L QO»YILMAYDI VA BUNDAY SHTATLARDA YUQORIDAGI ISTISNO YOKI CHEKLOVLAR AMAL QILMASLIGI MUMKIN.  



9.	Mazkur Dasturning AQSH hukumati tomonidan sotib olinishi.  Bu bo»lim ushbu Dasturning AQSH hukumati ( Hukumat ) tomonidan yoki uning uchun sotib olinishi yoki har qanday bosh pudratchi yoki subpudratchi (har qanday darajadagi) tomonidan shartnoma asosida berilishi, hamkorlik shartnomasi,  boshqa operatsiyalar  ( BO ) yoki Hukumat bilan amalga oshiriladigan boshqa holatlarga nisbatan tatbiq etiladi.  Dasturni yetkazib berishga rozilik berish orqali Hukumat, har qanday bosh pudratchi va subpudratchi FAR Subpart 27.405 FAR 12-qism (b) bandi yoki DFARS Subpart 227.7202 mazmuniga ko»ra ushbu Dasturning  tijoriy  kompyuter dasturi ekanini tasdiqlaydi, shuningdek, boshqa hech qanday muvofiqlashtiruvchi yoki FAR yoxud DFARS axborot huquqlari haqidagi moddalari ushbu Dasturning Hukumatga yetkazib berilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.  Shunga ko»ra, Hukumatning (hamda asosiy pudratchi va subpudratchining) ushbu Dasturdan foydalanishi va oshkor etishi hamda shartnoma, grant, hamkorlik haqidagi shartnomalardagi o»zaro zid shartlar va qoidalarning almashtirilishi, BO yoki ushbu Dasturning Hukumatga yetkazib berilishi bilan bog»liq boshqa xatti-harakatlar ushbu Kelishuv shartlari va qoidalari bilan boshqariladi.  Agar ushbu Dastur Hukumat talablariga javob bermasa, ushbu Kelishuv Federal qonunlar bilan muvofiq bo»lmasa yoki yuqorida aytib o»tilgan FAR va DFARS moddalari bilan muvofiq kelmasa, Hukumat foydalanilmagan Dasturni Epson kompaniyasiga qaytaradi.



10.	Eksportni cheklash.  Siz ushbu Dasturning AQSH eksportni boshqarish akti yoki boshqa eksportga aloqador istalgan qonun, cheklov yoki muvofiqlashtiruvchi qoidalari bilan taqiqlangan mamlakatlarga yetkazib berilmasligi, yuborilmasligi yoki eksport qilinmasligiga rozilik bildirasiz. 



11.	To»liq Kelishuv.  Mazkur Kelishuv ushbu Dasturga taalluqli tomonlar orasida tuzilgan to»liq kelishuv hisoblanadi hamda u ushbu Dasturga tegishli har qanday xarid buyurtmasi, aloqalar, reklama yoki vakolatni o»zi bilan almashtiradi.  



12.	Majburiy Kelishuv; Biriktirishlar.  Mazkur Kelishuv majburiy xarakterga egadir hamda u tomonlar, ularning tegishli qonuniy vorislari va huquqiy vakillari manfaatlari uchun xizmat qiladi.  



13.	Alohidalik; O»zgartirishlar.  Agar bu yerdagi biror modda tegishli yurisdiksiyadagi sud tomonidan noqonuniy yoki bajarib bo»lmaydigan deb topilsa, (agar AQSH hududida yashasangiz, bular 22.8 va 22.9-bo»limlarda keltirilgan), bu ushbu Kelishuv balansining haqiqiyligiga ta¼sir qilmaydi va u o»z kuchida qoladi va undagi shartlar muvofiq ravishda ijro etilishi mumkin.  Bu Kelishuv faqat yozma ravishda Epson kompaniyasi vakilining imzosi bilan o»zgartirilishi mumkin.  



14.	Zararlarning qoplanishi.  Siz Epson va uning direktorlari, xodimlari, aksionerlari, ishchi va agentlarini (i) ushbu Kelishuvdagi majburiyatlaringizning buzilishi yoki (ii) Dastur yoxud Epson qurilmasidan foydalanishingiz natijasida kelib chiqadigan har qanday yo»qotish, javobgarlik, zarar, chiqim, xarajatlardan (jumladan, tegishli advokat to»lovlari), xatti-harakatlar, da¼vo va jarayonlardan holi qilish hamda Epson so»rovidan keyin tovon puli to»lashga va zarar yetkazmaslikka rozilik bildirasiz.  Agar Epson sizdan bunday xatti-harakat, da¼vo yoki jarayonlarda himoyalanishni so»rasa, Epson o»z ixtiyori bilan advokat tanlash va himoyalanish huquqiga ega bo»ladi.  Siz Epson kompaniyasining oldindan berilgan yozma ruxsatisiz Epson zararni qoplash huquqiga ega bo»lgan uchinchi tomon da¼volarini hal qila olmaysiz.



15.	Bekor qilinishi.  Epson kompaniyasi ega bo»lgan har qanday huquqlarga zarar yetkazmagan holda, yuqorida 1-bo»limda keltirilgan litsenziya huquqlaringiz hamda yuqorida 7-bo»limda keltirilgan kafolat huquqlaringiz ushbu Kelishuvni buzganingizdan keyin avtomatik ravishda amal qilishdan to»xtaydi.  Bunday huquqlar to»xtatilganidan keyin siz ushbu Dastur va uning barcha nusxalarini darhol yo»q qilishga rozilik bildirasiz.



16.	Shartnoma tuzish imkoniyati va vakolati.  Siz o»zingiz yashaydigan shtat yoki yurisdiksiyada voyaga yetgan deb hisoblanishingiz hamda ushbu Kelishuvni tuzish uchun barcha vakolatlarga ega ekaningiz, jumladan, agar tatbiq qilinsa, ish beruvchingizning ushbu Kelishuvni tuzish berganini tasdiqlaysiz.



17.	Maxfiylik, axborotni qayta ishlash.  Mazkur Dastur qurilmangizdan ma¼lumot yuborish uchun Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo»lishi mumkin.  Masalan, agar ushbu Dasturni o»rnatsangiz, Dastur Qurilmangiz modeli va seriya raqami, mamlakat identifikatori, til kodi, operatsion tizim axboroti hamda Epson qurilmasidan foydalanish axboroti kabi Epson qurilmangiz ma¼lumotlarini Epson Internet saytiga yuborishi hamda u Qurilmangizda ko»rsatish uchun ishlab chiqarish yoki xizmat axborotini qaytarishi mumkin.  Dastur orqali taqdim qilingan har qanday axborot amaldagi axborotni muhofaza qilish qonunlari hamda https://global.epson.com/privacy/area_select_confirm_eula.html sahifasida joylashgan Epson maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlanadi.  Amaldagi qonunlar ruxsat bergan darajada, ushbu Kelishuv shartlariga rozilik berish hamda ushbu Dasturni o»rnatish orqali siz shaxsiy ma¼lumotlaringizning yashab turgan mamlakatingizda va/yoki undan tashqarida qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.  Agar ushbu Dasturga kiritilgan maxsus maxfiylik siyosati mavjud bo»lsa va/yoki ushbu Dasturni (masalan, muayyan dastur holatida) ishlatganingizda ko»rsatilsa, bunday maxsus maxfiylik siyosati yuqorida keltirilgan Epson maxfiylik siyosatidan ustun hisoblanadi.



18.	Tashqi veb-saytlar.  Siz Dasturdagi gipermatn yoki boshqa kompyuter havolalari orqali veb-saytlarga kirishingiz hamda Epson nazorat qilmaydigan yoki boshqarmaydigan, lekin, uchinchi tomonlar nazoratidagi muayyan xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.  Siz bunday tashqi veb-sayt va xizmatlar, shuningdek, ularning aniqligi, batafsilligi, dolzarbligi, yaroqliligi, mualliflik huquqlarini buzmasligi, qonuniyligi, tartibi, sifati yoki boshqa omillar uchun Epson javobgar emasligini tasdiqlaysiz.  Mazkur tashqi veb-saytlar/xizmatlar turli shartlar va qoidalar bilan boshqariladi hamda siz tashqi veb-saytlar/xizmatlarga kirganingizda va ulardan foydalanganingizda, ushbu veb-saytlar/xizmatlar shartlari va qoidalariga amal qilishga huquqiy jihatdan majbursiz.  Agar ushbu Kelishuv hamda tashqi veb-saytlar/xizmatlar shartlari va qoidalari bir-biriga zid kelsa, ushbu tashqi veb-saytlar/xizmatlarga kirishingiz va foydalanishingizda tashqi veb-saytlar/xizmatlar shartlari va qoidalari ustunlikka ega bo»ladi.  Epson ushbu Dasturda tashqi veb-saytlar/xizmatlarga havolalar taqdim qilsa ham, bunday havolalar Epson tomonidan bunday veb-saytlar/xizmatlar, ulardagi kontent, ularning egalari yoki provayderlariga berilgan vakolat, tasdiqlash, homiylik yoki hamkorlik hisoblanmaydi.  Epson bunday havolalarni faqat ma¼lumot sifatida hamda qulayligingiz uchun taqdim etadi.  Shunga ko»ra, Epson bunday veb-saytlar/xizmatlar haqida hech qanday ma¼lumot bermaydi va bunday tashqi veb-sayt yoki xizmatlar yuzasidan hech qanday yordam taqdim qilmaydi.  Epson bunday veb-saytlar/xizmatlardagi hech qanday axborot, mahsulot yoki dasturlarni tekshirmagan va shu sababdan ular haqida hech qanday ma¼lumot bermaydi.  Siz bunday veb-saytlar/xizmatlarning ishlasi yoki ulardagi kontent uchun Epson javobgar emasligi hamda ulardagi mahsulotlarning virus, turli zararli dasturlar, Troyan otlari va boshqa zararkunandalik xarakteriga ega elementlardan holi ekaniga ishonch hosil qilish o»zingizga bog»liq ekanini tasdiqlaysiz.  Bu Dasturdagi havolalar orqali bog»lanadigan veb-saytlar/xizmatlardagi kontentdan qay darajada foydalanishni belgilashga faqat siz javobgar hisoblanasiz.



(AGAR AMERIKA QO»SHMA SHTATLARIDA YASHASANGIZ, QUYIDAGI 19-23-BO»LIMLAR SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILADI)



19.	Siyohlarni xarid qilish.  Shimoliy Amerikada sotilgan ayrim Epson printer mahsulotlari uchun ushbu Dasturda bevosita Epson kompaniyasidan siyoh sotib olish imkoniyati mavjud bo»lishi mumkin.  Agar sotib olish tugmasini bossangiz, ushbu Dastur Qurilmangizda Epson qurilmasi kartriji turlari va siyoh darajaralarini ko»rsatadi hamda ranglar, mavjud kartrij o»lchamlari va Epson kompaniyasidan Internet orqali sotib olinadigan siyoh kartrijlarini almashtirish narxlari kabi qo»shimcha kartrij ma¼lumotlarini ham chiqaradi. 



20.	Yuklab olinadigan yangilanishlar.  Agar ushbu Dastur uchun yangilanishlar chiqarilgan bo»lsa, ularni Epson Internet saytidan yuklab olishingiz ham mumkin.  Agar ushbu Dasturni o»rnatishga rozilik bersangiz, Internet orqali amalga oshirilgan har qanday uzatishlar hamda ma¼lumotlarni olish va foydalanish jarayonlari Epson kompaniyasining avvalgi-joriy maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi hamda mazkur Dasturni o»rnatish orqali siz avvalgi-joriy maxfiylik siyosatining bunday xatti-harakatlarni boshqarishiga rozilik bildirasiz.  



21.	Epson hisoblari va promoaksiya xabarlari.  Shu bilan birga, agar ushbu Dasturni o»rnatsangiz hamda Epson qurilmangizni Epson kompaniyasida registratsiya qilsangiz va/yoki Epson Store hisobini yaratib, bunday foydalanishga rozilik bersangiz, Epson va ushbu Dasturni o»rnatish, Epson qurilmangizni registratsiya qilish va/yoki Epson Store hisobingizni yaratish haqidagi shaxsiy ma¼lumotlar va shaxsiy bo»lmagan identifikatsiya axborotlaridan iborat ma¼lumotlarni birlashtirishi hamda bunday birlashtirilgan ma¼lumotlardan sizga Epson reklama yoki xizmat axborotlarini yuborish uchun foydalanishiga rozilik bildirgan hisoblanasiz.  Agar Epson qurilmangiz haqidagi ma¼lumotlarni yuborish yoki reklama, xizmat axborotlarini olishni xohlamasangiz, Windows tizimida qurilma drayveri sozlamalariga kirib, Kuzatuv sozlamalari bo»limidan ushbu funksiyalarni faolsizlantirishingiz mumkin.  Mac operatsion tizimida esa Epson Customer Research Participation va Low Ink Reminder dasturlarini o»chirib tashlash orqali ushbu funsiyalarni faolsizlantirishingiz mumkin.



22.	NIZOLAR, MAJBURIY SHAXSIY ARBITRAJ, JAMOA DA¼VOLARI VA JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDAN VOZ KECHISH 



22.1	Nizolar.  22-bo»lim shartlari siz va Epson orasidagi barcha Nizolarga taalluqlidir.  Nizo  termini qonun tomonidan yo»l qo»yiladigan eng keng ma¼noni bildiradi hamda ushbu Kelishuv, Dastur, Epson qurilmasi yoki siz va Epson kompaniyasiga aloqador boshqa operatsiyalar, jumladan, shartnoma, kafolat, notog»ri talqin qilish, firibgarlik, huquqbuzarlik, xalqaro huquqbuzarlik, akt, muvofiqlashtirish, qaror yoki boshqa istalgan huquqiy yoki haqqoniylik asosidagi siz va Epson orasida kelib chiqishi mumkin bo»lgan har qanday nizo, da¼vo, ziddiyatni o»z ichiga oladi.   NIZO  hech qanday IM da¼vosini, yanada aniqroq aytganda, (a) savdo belgisi huquqini buzish, (b) patent huquqini buzish, (c) mualliflik huquqini buzish yoki noto»g»ri foydalanish yoxud (d) tijoriy sirni noqonuniy o»zlashtirish ( IM da¼vosi ) bunga kirmaydi.  Shuningdek, siz va Epson shunga ham rozilik beradiki, 22.6-bo»limda keltirilganlarga qaramasdan, sud, hakamlik sudi emas, da¼vo yoki sud ishini IM da¼vosi deb topishi mumkin. 



22.2	Majburiy hakamlik.  Siz va Epson kompaniyasi ushbu Kelishuvga ko»ra barcha Nizolarning majburiy hakamlik orqali hal qilinishiga rozilik bildirasiz.  HAKAMLIK SIZNING SUDYA YOKI HAKAMLIK SUDIGA MUROJAAT QILISH HUQUQIDAN VOZ KECHISHINGIZNI HAMDA E¼TIROZ UCHUN ASOSLARINGIZ CHEKLANGANINI ANGLATADI Mazkur Kelishuvga muvofiq, majburiy hakamlik mamlakat miqyosida tan olingan hakamlik idorasi JAMS tomonidan uning iste¼molchilarga aloqador jarayonlar kodeksiga muvofiq ravishda, lekin hakamlik sudida birlashish yoki jamoa bo»lib harakatlanishga ruxsat beruvchi barcha qoidalarni istisno qilgan holda boshqariladi (ushbu jarayonlar haqida quyida 22.6-bo»limda batafsil ma¼lumot berilgan).  Siz va Epson kompaniyasi (a) Federal arbitraj qonuni (9 U.S.C. 1 va keyingi paragraflar) 22-bo»limning talqin qilinishi va ijrosini boshqarishini, (b) ushbu Kelishuvning davlatlararo savdo-sotiq bitimini mustahkamlashini hamda (c) ushbu 22-bo»lim mazkur Kelishuv bekor qilinganidan keyin ham o»z kuchida qolishini tushunasiz va bunga rozilik berasiz. 



22.3	Hakamlik sudidan oldingi bosqichlar va ogohlantirish.  Hakamlik sudiga da¼vo bilan murojaat qilishdan oldin siz va Epson kompaniyasi 60 (oltmish) kun ichida har qanday Nizoni norasmiy shaklda hal qilishga urinishga rozilik berasiz.  Agar Epson va siz 60 (oltmish) kun ichida Nizoni hal qilish yuzasidan o»zaro kelishuvga erishmasangiz, siz yoki Epson kompaniyasi hakamlik sudiga murojaat qilishi mumkin. Epson kompaniyasiga ogohlantirish quyidagi manzilga yuborilishi kerak: Epson America, Inc., ATTN: Legal Department, 3840 Kilroy Airport Way, Long Beach, CA 90806 ( Epson manzili ).  Nizo ogohlantirishi sizga Epson kompaniyasining siz haqingizdagi qaydlarida belgilangan eng oxirgi manzilga yuboriladi.  Shu sababdan, agar manzilingiz o»zgarsa, bu haqda EAILegal@ea.epson.com manziliga yoki yuqorida keltirilgan Epson manziliga xat yuborib, bu haqda xabar berishingiz muhimdir.  Nizo haqidagi ogohlantirishda yuboruvchining ismi, manzili va aloqa ma¼lumoti, shuningdek, Nizonining kelib chiqish sababi hamda murojaatning maqsadi ( Nizo ogohlantirishi ) ko»rsatiladi.  Nizo haqidagi ogohlantirishni olgach, Epson va siz sud boshlanguniga qadar nizoni hal qilish uchun vijdonan harakat qilishga rozilik berasiz. 



22.4	Kichik da¼volar sudi.  Yuqoridagilarga qaramay, siz agar bunday xatti-harakat sud yurisdiksiyasiga kirsa hamda faqat shu sudda ko»rib chiqilsa, individual tartibda o»z shtatingizdagi kichik da¼volar sudi yoki shahar hokimiyatiga murojaat qilishingiz mumkin. 



22.5	JAMOA DA¼VOLARI VA JAMOA HAKAMLIK SUDLARIDAN VOZ KECHISH.  SIZ VA EPSON KOMPANIYASI TOMONLARNING BIR-BIRIGA QARSHI HECH QANDAY JAMOA YOKI VAKILLIK ISHIDA DA¼VOGAR YOKI JAMOA A¼ZOSI SIFATIDA DA¼VO QILMASLIGI, JUMLADAN, FEDERAL YOKI SHTAT JAMOA DA¼VOLARI YOXUD JAMOA HAKAMLIK SUDLARI BILAN EMAS, FAQAT INDIVIDUAL TARTIBDA DA¼VO QILISHIGA ROZILIK BILDIRASIZ. JAMOA DA¼VOLARI, JAMOAVIY SUDLAR, SHAXSIY ADVOKATNING UMUMIY HARAKATLARI HAMDA VAKILLIK VAKOLATI BILAN FAOLIYAT YURITILADIGAN HAR QANDAY BOSHQA XATTI-HARAKATLARGA RUXSAT BERILMAYDI.  SHUNGA KO»RA, USHBU BO»LIMDA TA¼KIDLANGAN SUD JARAYONLARI DOIRASIDA SUDYA HAKAMLIK SUDI JARAYONLARIDA MANFAATDOR TOMONLARNING YOZMA RAVISHDAGI ROZILIGISIZ BIRDAN ORTIQ TOMONNING DA¼VOSINI BIRLASHTIRA OLMAYDI. 



22.6	Hakamlik jarayoni.   Agar siz yoki Epson hakamlik sudiga murojaat qilsangiz, hakamlik sudi hakamlik sudiga murojaat qilinganida amal qiluvchi va hakamlik sudiga jamoa yoki vakillik asosida ish yuritishga ruxsat beruvchi qoidalarni istisno qiluvchi JAMS qoidalari ( JAMS qoidalari ) hamda ushbu Kelishuvda keltirilgan qoidalarga muvofiq boshqariladi. Ular bilan http://www.jamsadr.com manzilida yoki 1-800-352-5267 raqamiga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.  Barcha Nizolar yagona betaraf sudya tomonidan hal etiladi hamda ikkala tomon ham sudyani tanlashda qatnashish uchun maqsadga muvofiq imkoniyatga ega bo»ladi.  Hakam ushbu Kelishuv shartlariga amal qiladi.  Hakam, hech qanday federal, shtat yoki mahalliy sud yoki agentlik emas, ushbu Kelishuvning talqin qilinishi, ijrosi, unga amal qilinishi yoki shakllantirilishi, jumladan, ushbu Kelishuvning to»la yoki qisman haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligi borasida kelib chiquvchi barcha nizolarni hal qilishda ekskluziv vakolatga ega bo»ladi.  Hakamga bunday keng vakolatlarning berilishiga qaramasdan, sud da¼voning intellektual mulk da¼vosi ekani haqidagi cheklovchi masalani ko»rib chiqishi mumkin hamda bu yuqoridagi 22.1-bo»limda keltirilgan  Nizolar  tarifidan istisno qilinadi.  Hakamga qonunga muvofiq ravishda yoki sud qarori bilan sudda har qanday yordamni berish huquqi berilishi kerak.  Hakam sizga sud hukm qilishi mumkin bo»lgan ayni zararlarni belgilashi va faqat shu tomonning individual da¼volarini qondirish uchun zarur darajada faqat bir tomon foydasiga deklarativ yoki sud qarorini chiqarishi mumkin.  Ayrim hollarda, hakamlik xarajatlari sud xarajatlaridan oshib ketishi mumkin va sudda hakamlik sudiga nisbatan ochilish huquqi ko»proq cheklanishi mumkin.  Hakamning qarori majburiydir va istalgan vakolatli yurisdiksiyada sud qarori sifatida qayd qilinishi mumkin. 



Hakamlik sudi jarayonlarida telefon orqali qatnashishingiz mumkin.  Telefon orqali amalga oshirilmaydigan hakamlik sudi jarayonlari asosiy yashash joyingizdan yetib borishga qulay joyda yoki xohishingizga qarab Orange County, California manzilida o»tkazilishi mumkin.



a)	Hakamlik muhokamasining boshlanishi.  Agar siz yoki Epson kompaniyasi Nizoni hakamlik sudi orqali hal qilishga qaror qilsa, har ikki tomon ham quyidagilarga rozilik beradi: 



(i)	Hakamlik sudiga ariza berish.  Arizada Nizoning mazmuni hamda undirish mo»ljallangan zarar miqdori ko»rsatilishi shart.  Siz http://www.jamsadr.com manzilida Hakamlik sudiga ariza nusxasini topishingiz mumkin ( Hakamlik sudiga ariza ). 



(ii)	Hakamlik sudiga arizani tegishli to»lov bilan birga uch nusxada quyidagi manzilga yuboring: JAMS, 500 North State College Blvd., Suite 600 Orange, CA 92868, U.S.A.



(iii)	Hakamlik sudiga arizaning bir nusxasini narigi tomonga ham yuboring (Nizo ogohlantirishida ko»rsatilgan ayni manzilga) yoki tomonlar kelishgan boshqa shaklda yetkazing. 



b)	Ko»rib chiqish shakli.  Hakamlik sudi davomida hakam miqdorni belgilamagunicha, agar mavjud bo»lsa, siz yoki Epson kompaniyasi taklif qilish huquqiga ega bo»lgan hamda tomonlar qilgan har qanday taklif miqdori hakamlik sudiga oshkor etilmaydi.  Nizolarni hal etishga tegishli bo»lmagan axborotni topish yoki almashtirishga hakamlik sudi vaqtida ruxsat berilishi mumkin.



c)	Hakamlik sudi to»lovlari.  Epson kompaniyasi ushbu Kelishuvga muvofiq qo»zg»atilgan (siz yoki Epson tomonidan) barcha hakamlik sudi jarayonlari xarajatlari hamda (agar tatbiq etilsa) JAMS to»lovlari va hakamlik xarajatlarini qoplaydi. 



d)	Sizning manfaatingiz uchun hal etish.  Siz yoki Epson 75000 AQSH dollari yoki undan kam miqdordagi zararni qoplash talab qilingan Nizolarda, advokatlik xarajatlaridan tashqari, agar siz hakamning qarori bilan Epson tomonidan qilingan oxirgi yozma taklifdan kattaroq miqdordagi to»lovni olsangiz, agar bunday taklif qilingan bo»lsa, Epson (i) sizga 1000 AQSH dollari yoki qaror miqdoriga qarab qaysi biri ko»proq bo»lsa; (ii) agar mavjud bo»lsa, o»rtacha advokat to»lovi miqdoridan ikki barobar ortiq miqdorda pul to»laydi; hamda (iii) Nizoni hakamlik sudida ko»rib chiqish, unga tayyorgarlik va uni amalga oshirish uchun advokatingiz oladigan (shuningdek, ekspert-guvohlar xizmati xarajatlari uchun) har qanday xarajatni qoplaydi.  Siz va Epson orasida yozma shaklda tuzilgan kelishuvlardan tashqari holatlarda, hakam 22.6d)-bo»limga muvofiq Epson tomonidan to»lanadigan haq, xarajat va chiqimlarni belgilaydi.



e)	Advokatlik to»lovlari.  Epson ushbu Kelishuvga muvofiq Nizoni hal qilish yuzasidan boshlangan har qanday jarayonlar uchun advokatlik to»lovlari va xarajatlarini qoplashni talab qilmaydi.  Sizning 22.6-bo»limda belgilangan advokatlik to»lovlari va xarajatlari borasidagi huquqingizga qaramasdan (d) yuqoridagilar amaldagi qonunlarga muvofiq advokatlik xarajatlarini to»lash huquqingizni cheklamaydi, shuningdek, hakam advokatlik to»lovlari va xarajatlarini ikki baravariga oshira olmaydi. 



22.7	Voz kechish.  Siz ushbu Kelishuvga (shu jumladan, ushbu Dastur yoki boshqa tegishli Epson qurilmasi, mahsulot va xizmatlariga) rozilik berganingizdan keyin 30 (o»ttiz) kun o»tgach, Epson manziliga (i) ismingiz, (ii) pochta manzilingiz va (iii) sizning yakuniy, majburiy, individual hakamlik sudi jarayonlaridan istisno qilinish so»rovingizni ko»rsatgan hamda ushbu 22-bo»limda keltirilgan jamoa va vakillik jarayonlarida qatnashishdan voz kechgan holda yozma shaklda xat yuborish orqali ushbu Kelishuvda nazarda tutilgan jamoa va vakillik jarayonlarining yakuniy, majburiy, individual hakamlik sudi jarayonlaridan voz kechishni (o»zingizni istisno qilishni) tanlashingiz mumkin.  Yuqorida keltirilganlarga muvofiq tarzda voz kechganingiz holatlarida, boshqa barcha shartlar, shu jumladan, sud jarayoni boshlanguniga qadar ogohlantirishni taqdim etish talabi ham amal qilishda davom etadi. 



22.8	22-bo»limga tuzatishlar.  Mazkur Kelishuvdagi har qanday boshqa moddalarga qaramay, siz va Epson shunga rozilik beradiki, agar Epson kelgusida ushbu Kelishuvda nizolarni bartaraf etish jarayoni va jamoaviy da¼volardan voz kechish haqidagi moddalarga (Epson manzilini o»zgartirishdan tashqari) tuzatishlar kiritsa, Epson amalga oshiriladigan o»zgartirishlar uchun sizning roziligingizni oladi.  Agar bunday o»zgartirishlarning kiritilishiga rozilik bermasangiz, siz tomonlar o»rtasidagi kelishmovchiliklarni 22-bo»lim qoidalariga muvofiq hal qilishga rozilik bildirasiz (yoki agar ushbu Kelishuvga birinchi marta rozilik berayotganingizda qatnashishdan voz kechgan bo»lsangiz nizolarni 22.7-bo»limga asosan hal qilishga rozilik bildirasiz).



22.9	Jiddiyligi.  Agar ushbu 22-bo»limdagi biror-bir modda bajarib bo»lmaydigan deb topilsa, ushbu modda bekor qilinadi hamda Kelishuvning qolgan qismi o»z kuchida qoladi.  Yuqoridagilar, 22.5-bo»limda keltirilganidek, jamoa yoki vakillik jarayonlariga nisbatan cheklovlarga tatbiq etilmaydi.  Bu shuni anglatadiki, agar 22.5-bo»lim bajarib bo»lmaydigan deb topilsa, 22-bo»lim butunlay (faqat 22-bo»lim) yaroqsiz hisoblanadi va amal qilmaydi. 



23.	Nyu-Jersi aholisi uchun.  MAZKUR KELISHUVDAGI SHARTLARDAN QAT¼I NAZAR, AGAR 7 VA 8-BO»LIMLARDA KELTIRILGAN MODDALARDAN BIRORTASI NYU-JERSI QONUNLARIGA BINOAN BAJARIB BO»LMAYDIGAN, YAROQSIZ, TATBIQ ETILMAYDIGAN DEB TOPILSA, BUNDAY MODDALARNING HECH BIRI SIZGA NISBATAN TATBIQ ETILMAYDI, LEKIN USHBU KELISHUVNING QOLGAN QISMI SIZ VA EPSON KOMPANIYASI UCHUN AMAL QILISHDA DAVOM ETADI.  MAZKUR KELISHUVDAGI MODDALARGA QARAMAY, USHBU KELISHUVDAGI HECH NARSA SIZNING ISTE¼MOLCHI SHARTNOMASI, KAFOLAT VA OGOHLANTIRISH AKTIDAGI HUQUQLARINGIZNI CHEKLAMAYDI VA CHEKLASH UCHUN MO»LJALLANMAGAN.  



2018-yil dekabrda tahrirlangan

Download Driver Pack

How To Update Drivers Manually

After your driver has been downloaded, follow these simple steps to install it.

  • Expand the archive file (if the download file is in zip or rar format).

  • If the expanded file has an .exe extension, double click it and follow the installation instructions.

  • Otherwise, open Device Manager by right-clicking the Start menu and selecting Device Manager.

  • Find the device and model you want to update in the device list.

  • Double-click on it to open the Properties dialog box.

  • From the Properties dialog box, select the Driver tab.

  • Click the Update Driver button, then follow the instructions.

Very important: You must reboot your system to ensure that any driver updates have taken effect.

For more help, visit our Driver Support section for step-by-step videos on how to install drivers for every file type.

server: web2, load: 1.21